XOMSKIYNING “TIL VA ONG” ASARI, GENERATIV TILSHUNOSLIK KONSEPSIYASI VA PROFESSOR BAXTIYOR MENGLIYEVNING TARJIMONLIK MAHORATI
Kalit so'zlar
Noam Xomskiy, Til va ong, generativ tilshunoslik, universal grammatika, lisoniy kompetensiya, ilmiy tarjima, terminologik muqobillikAnnotasiya
Mazkur maqolada amerikalik tilshunos Noam Xomskiyning “Til va ong” (Language and Mind) asari, uning generativ tilshunoslik konsepsiyasidagi o‘rni hamda mazkur asarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishining ilmiy-madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda Xomskiyning tilni inson ongining faoliyati, biologik va kognitiv imkoniyatlari bilan bog‘liq murakkab tizim sifatida talqin qilishi, generativ grammatikaning shakllanish bosqichlari, lisoniy kompetensiya, Universal grammatika, tilni o‘zlashtirish muammosi va tilning ijodiy tabiati haqidagi qarashlari yoritiladi. Shuningdek, Xomskiyning bixevioristik paradigma bilan munozarasi, xususan, B. F. Skinnerning “Verbal Behavior” asariga bag‘ishlangan 1959-yilgi tanqidiy maqolasining kognitiv fanlar tarixidagi o‘rni baholanadi. Maqolaning alohida qismi professor Baxtiyor Mengliyevning Xomskiy asarini o‘zbek tiliga tarjima qilish mahoratiga bag‘ishlanib, unda terminologik ekvivalentlik, semantik aniqlik, sintaktik transformatsiya, ilmiy uslub va milliy ilmiy til imkoniyatlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada Xomskiy nazariyasini bugungi tilshunoslik nuqtayi nazaridan mutlaq va o‘zgarmas ta’limot sifatida emas, balki zamonaviy kognitiv, konstruktiv va biolingvistik tadqiqotlar bilan munozarada rivojlangan ilmiy paradigma sifatida baholash taklif etiladi.
##submission.downloads##
Topilgan
Nashr qilingan
Qanday ko'rsatish
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
Mulkiiyat (c) 2026 Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, ta’lim

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..










