O‘SMIRLAR PSIXOLOGIYASINING LINGVOPOETIK IFODASI VA TARJIMADA ICHKI MONOLOG HAMDA EMOTSIONAL TASVIR

Mualliflar

  • Raximova Zarina Uktamovna

Kalit so'zlar

O‘SMIRLAR PSIXOLOGIYA

Annotasiya

Rezyume. Mazkur tadqiqotda Khaled Hosseini qalamiga mansub Shamol ortidan yugurib, Ming quyosh
shu’lasi hamda Tog‘lar ham sado beradi romanlarining o‘zbek tiliga tarjimalarida o‘smirlar psixologiyasining
lingvopoetik ifodalanish xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ichki monolog, metafora, emotsional-
ekspressiv birliklar hamda psixologik diskurs vositalari tarjimada asosan semantik jihatdan saqlangan
bo‘lsa-da, ayrim hollarda sintaktik normallashtirish va stilistik modifikatsiyalar kuzatiladi. Ichki monologning
fragmentar tuzilishi ko‘pincha izchil grammatik konstruktsiyalar bilan almashtirilganligi sababli psixologik intensivlik
darajasi qisman pasaygan. Shuningdek, emotsional tasvirni ifodalovchi metaforik modellar tarjimada
asosan adekvat berilgan bo‘lsa-da, ayrim obrazlarning konnotativ salmog‘i neytrallashgan. Lingvopoetik tahlil
natijalari badiiy tarjimada ekvivalentlik faqat mazmuniy moslik bilan cheklanmasdan, balki stilistik va pragmatik
muvofiqlikni ham talab qilishini ko‘rsatadi. O‘smirlar psixologiyasini ifodalovchi matnlarda ichki nutq ritmi,
semantik noaniqlik, emotsional tonallik va individual nutq xususiyatlarini saqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot natijalari lingvopoetik yondashuv badiiy tarjima sifatini baholashda samarali metodologik asos bo‘lib
xizmat qilishini ko‘rsatadi. Psixologik diskursni adekvat qayta yaratish tarjimonning stilistik sezgirligi hamda
badiiy tafakkurni rekonstruksiya qilish qobiliyatiga bog‘liq ekanligi aniqlandi.

Topilgan

2026-04-18

Qabul qilingan

2026-04-18

Nashr qilingan

2026-04-18

Qanday ko'rsatish

Raximova Zarina Uktamovna. (2026). O‘SMIRLAR PSIXOLOGIYASINING LINGVOPOETIK IFODASI VA TARJIMADA ICHKI MONOLOG HAMDA EMOTSIONAL TASVIR. Filologik Tadqiqotlar: Til, Adabiyot, ta’lim, 1(1.3). Retrieved from https://journaltersu.uz/index.php/pr/article/view/445