NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA DESTRUKSIYANI IFODALOVCHI FE’LLARNING METAFORIK QO‘LLANILISHI
Kalit so'zlar
METAFORIKAnnotasiya
Mazkur maqolada nemis va o‘zbek tillarida destruksiya semantikasi bilan bog‘liq fe’llarning
metaforik qo‘llanilish xususiyatlari qiyosiy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi destruksiyani ifodalovchi fe’llarning metaforik ma’no kengayish jarayonlarini aniqlash, ularning leksik-semantik
tuzilmasi va kognitiv mexanizmlarini ochib berish hamda o‘zaro qardosh bo‘lmagan tillarda mazkur hodisaning o‘xshash va farqli jihatlarini asoslashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun destruksiya semali
fe’llarning konnotativ ma’no siljishlarini tahlil qilish, metaforik ko‘chimning konseptual asoslarini aniqlash va
tillararo semantik nomutanosiblik sabablarini izohlash vazifalari belgilandi.
Tadqiqot materiali sifatida nemis va o‘zbek tillaridagi badiiy adabiyotlar, ilmiy matnlar hamda ommaviy axborot vositalaridan olingan namunalar tanlab olindi. Tadqiqot jarayonida leksik-semantik tahlil, qiyosiy tahlil,
kognitiv xaritalash va kontekstual tahlil usullari qo‘llanildi. Ushbu usullar yordamida destruksiya fe’llarining
metaforik qo‘llanishi orqali insonning ruhiy holati, ijtimoiy munosabatlar va tabiiy hodisalar qanday ifodalanishi
tizimli ravishda o‘rganildi.
Tahlil natijalari destruksiyani ifodalovchi fe’llarning metaforik qo‘llanilishi har ikki tilda faol va serqirra ekanini ko‘rsatdi. Bunday metaforik kengayishlar semantik siljishlarga olib kelib, destruksiya konseptining kognitiv
talqinida tillararo farqlar mavjudligi qayd etildi.
Olingan natijalar nemis va o‘zbek tillarida destruksiya semantik maydonini chuqurroq anglashga, qiyosiy tilshunoslik va kognitiv semantika doirasidagi tadqiqotlarni boyitishga, shuningdek, tarjima va kompyuter
lingvistikasi sohasida yuzaga keladigan semantik muammolarni bartaraf etishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb
etadi.
##submission.downloads##
Topilgan
Qabul qilingan
Nashr qilingan
Qanday ko'rsatish
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
Mulkiiyat (c) 2026 Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, ta’lim

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..










