Mualliflik ko‘rsatmalari Ko'rib chiqish jarayoni Jurnalning maqsadi va qamrovi Nashr qilish etikasi Nashr qilish muddati Qo‘lyozmalar namunasi Plagiat qoidalari Chop etishda to‘lov usullari
Jurnalning maqsadi va qamrovi haqida
Jahon va o‘zbek tilshunosligi, adabiyotshunosligi hamda lingvodidaktikasining tadrijiy rivojiga doir metodologik qarashlar, sohalarga doir tadqiqiy materiallar, fanning an’anaviy va innovatsion rivojining yo‘nalishlarini yoritib borish, ilmiy axborotni tarqatish va yangi mualliflarni jalb qilish jurnalning yetakchi yo‘nalishi hisoblanadi. Jurnal olimlar, doktorantlar va ilmiy daraja hamda ilmiy unvonlarga nomzodlar, o‘rta maktab hamda o‘rta-maxsus, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, magistrant talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har oyda nashr qilinadi.
Jurnalning maqsadi – tilshunoslik, adabiyotshunoslik, til o‘qitish metodikasi doirasida amalga oshirilgan dolzarb mavzudagi tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati, filologik nazariya va amaliyotning muammoli masalalari bo‘yicha munozaralarni yoritib borish.
Jurnal vazifalari:
ilgari chop etilmagan yoki boshqa jurnalda chop etish uchun taqdim etilmagan original, yuqori sifatli ilmiy maqolalarni qabul qilish,
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining mualliflik huquqiga oid talablariga va jahon amaliyotida nashr etikasi bo‘yicha umume’tirof etilgan qoidalarga tayanish,
tilshunoslik, adabiyotshunoslik, lingvodidaktikaning dolzarb muammolari bo‘yicha olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalarini taqdim etish.










