Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasida qo‘llangan antroponimlarning lingvokulturologik talqini

Mualliflar

  • Marjona Erkinjon qizi Qurbonova Qarshi davlat universiteti

Kalit so'zlar

antroponim, lingvokulturologiya, madaniy xotira, Ufq, badiiy asardagi shaxs ismlari

Annotasiya

Maqolada Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasidagi antroponimlar lingvokulturologik nuqtayi nazardan tahlil qilinib, shaxs nomlarida o‘zbek xalqining nomlash an’analari, diniy-ma’naviy tasavvurlari, oilaviy xotirasi, yosh va maqomga asoslangan hurmat modeli, qarindoshlik konsepti hamda jamoaviy baholash me’yorlarining aks etishi yoritiladi. Tursunboy, Jannat, Ikrom, Azizxon kabi ismlarning lug‘aviy semantikasi badiiy kontekst va milliy-madaniy tajriba bilan qiyoslanadi; Rasul buva, Yo‘ldosh ota, Nizom pochchamiz singari nomlash shakllari va Indamas, Tuya, Echki, Ko‘r kabi laqablarning nutq etiketi, askiya madaniyati va guruh ichidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalashdagi vazifasi ochib beriladi. Tahlil antroponimning faqat nominativ birlik emas, balki milliy qadriyat va madaniy xotirani mujassamlashtiruvchi lingvokulturema sifatidagi imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

##submission.downloads##

Topilgan

2026-11-21

Nashr qilingan

2026-11-21

Qanday ko'rsatish

Qurbonova, M. E. qizi. (2026). Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasida qo‘llangan antroponimlarning lingvokulturologik talqini. Filologik Tadqiqotlar: Til, Adabiyot, ta’lim, 4(4.1), 71–74. Retrieved from https://journaltersu.uz/index.php/pr/article/view/636