Badiiy matnda makon deyksisini o‘rganishning lingvopragmatik va diskursiv yondashuvlari

Mualliflar

  • Sardor Akmaljon o‘g‘li Hamroyev Samarqand davlat chet tillar instituti

Kalit so'zlar

makon deyksisi, lingvopragmatika, badiiy diskurs, deyktik markaz, deyktik siljish

Annotasiya

Ushbu tadqiqot badiiy matnlardagi makon deyksisini lingvopragmatik va diskursiv yondashuvlar uyg‘unligi asosida o‘rganadi. Karl Byulerning deyktik markaz (Origo) tushunchasi hamda Deiktik siljish nazariyasi (Deictic Shift Theory – DST)ga tayangan holda, maqolada fazoviy ko‘rsatkichlarning hikoya fokusini belgilash, o‘quvchi diqqatini yo‘naltirish va uni asar olamiga to‘liq singdirishdagi (kognitiv sho‘ng‘ish) roli tahlil qilinadi. O‘zbek nasri (A.Qodiriy, Cho‘lpon, O‘.Hoshimov) va ingliz nasri (J.Joys, D.Defo) namunalarini qiyosiy tahlil qilish orqali, muallif til tuzilishidagi farqlar hissiy masofa va subyektiv nuqtayi nazarni qanday shakllantirishini ko‘rsatib beradi. Matndagi barcha badiiy parchalar qo‘shtirnoqqa olingan va kursivda berilgan. Tadqiqotda badiiy diskursdagi makon deyksisini tizimli baholashga qaratilgan 5 bosqichli tahliliy model taklif etiladi.

##submission.downloads##

Topilgan

2026-11-21

Nashr qilingan

2026-11-21

Qanday ko'rsatish

Hamroyev, S. A. o‘g‘li. (2026). Badiiy matnda makon deyksisini o‘rganishning lingvopragmatik va diskursiv yondashuvlari. Filologik Tadqiqotlar: Til, Adabiyot, ta’lim, 4(4.1), 67–70. Retrieved from https://journaltersu.uz/index.php/pr/article/view/635