Ingliz va o‘zbek tillarida frazeologik birliklar baho ma’nosining nutqiy aktlarda voqelanishi
Kalit so'zlar
frazeologik birlik, baho, nutqiy akt, illokutiv kuch, pragmatik kontekstAnnotasiya
Mazkur maqolada frazeologik birliklarda mujassamlangan baho ma’nosining nutqiy aktlar orqali voqelanishi lingvopragmatik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotda baholash kategoriyasining semantik xususiyatlari, frazeologik birliklarning kommunikativ imkoniyatlari hamda ularning so‘zlovchi maqsadi bilan aloqasi yoritiladi. J.L.Ostinning nutqiy aktlar nazariyasi va J.R.Syorlning nutqiy aktlar tasnifi nazariy asos sifatida qo‘llanadi. Ingliz tilidagi badiiy matnlardan olingan misollar asosida ijobiy va salbiy baholi frazeologik birliklarning assertiv, direktiv, komissiv, ekspressiv va deklarativ nutqiy aktlar tarkibida qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tahlil natijalari frazeologik birliklarning baholovchi mazmuni faqat lug‘aviy ma’no bilan cheklanmasligini, balki kommunikativ vaziyat, so‘zlovchining niyati va adresatga ko‘rsatiladigan ta’sir bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Frazeologik birliklarning pragmatik imkoniyatlarini baho ma’nosi, kommunikativ niyat, illokutiv kuch va perlokutiv ta’sir munosabati asosida o‘rganish zarurligi asoslanadi.
##submission.downloads##
Topilgan
Nashr qilingan
Qanday ko'rsatish
Nashr
Bo'lim
Litsenziya

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..










