ONA OBRAZINING RAMZIY VA MIFOPOETIK TALQINI: INGLIZZABON VA O‘ZBEK ADABIYOTI MISOLIDA

Mualliflar

  • Raximova Umida Soliyevna

Kalit so'zlar

ona obrazi, mifopoetika, ramziy talqin, Enn Enrayt, O‘tkir Hoshimov, avlodlar xotirasi, qiyosiy-tipologik tahlil

Annotasiya

Mazkur ilmiy tadqiqotda ingliz va o‘zbek adabiyotida ona obrazining simvolik va mifopoetik talqini Enn Enrayt hamda O‘tkir Hoshimov asarlari misolida qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil etiladi. Ishda ikki xil madaniy va ijtimoiy muhitga mansub asarlardagi predmetli va makoniy detallar, jismoniy-telesni tasvirlar, shuningdek, avlodlar xotirasining badiiy-estetik va tekstologik funksiyalari atroflicha yoritib berilgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Enn Enrayt va O‘tkir Hoshimov ijodida ona obrazi tor oilaviy va maishiy munosabatlar chegarasidan chiqib, hayot, madaniy xotira, avlodlar o‘rtasidagi uzviylik hamda ma’naviy merosning universal va milliy metaforasi sifatida namoyon bo‘ladi.

##submission.downloads##

Topilgan

2026-11-02

Nashr qilingan

2026-11-02

Qanday ko'rsatish

Raximova Umida Soliyevna. (2026). ONA OBRAZINING RAMZIY VA MIFOPOETIK TALQINI: INGLIZZABON VA O‘ZBEK ADABIYOTI MISOLIDA. Filologik Tadqiqotlar: Til, Adabiyot, ta’lim, 3(3.1-3), 121–125. Retrieved from https://journaltersu.uz/index.php/pr/article/view/610