HAROLD LAMBNING “TAMERLANE: THE EARTH SHAKER” ROMANIDA AMIR TEMUR XARAKTERINING BADIIY IFODASI

Mualliflar

  • Ibragimov Javohir To‘lqinjon o‘g‘li

Kalit so'zlar

Amir Temur, Harold Lemb, tarixiy-biografik roman, xarakter yaratish, psixologik portret, badiiy talqin, orientalizm

Annotasiya

Maqolada amerikalik yozuvchi va tarixchi Harold Lambning 1928-yilda nashr etilgan “Tamerlane: The Earth Shaker” tarixiy-biografik romanida Amir Temur xarakterining badiiy talqini tadqiq etiladi. Asarning janr tabiati, muallif pozitsiyasi va hikoya nuqtayi nazari aniqlanib, qahramon xarakterini yaratishda qo‘llangan asosiy badiiy vositalar – psixologik portret, epizodik xarakterlash, nutqiy xarakteristika, leytmotiv, antitezaga asoslangan obrazlar tizimi, zoomorfik metaforalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Harold Lamb Amir Temurni ilohiylashtirilgan yoki iblislashtirilgan qiyofada emas, balki sarkardalik zakovati, diplomatik hozirjavoblik, olijanoblik va adolatparvarlik bilan birga o‘ziga ortiqcha ishonch, tundlik kabi insoniy zaifliklarga ham ega bo‘lgan murakkab, “to‘laqonli” xarakter sifatida gavdalantirgani asoslanadi. Asar Yevropa adabiyotida shakllangan “dahshatli zolim” stereotipini qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan, biroq sharqona ekzotizm unsurlaridan to‘liq xoli bo‘lmagan badiiy talqin sifatida baholanadi.

##submission.downloads##

Topilgan

2026-11-02

Nashr qilingan

2026-11-02

Qanday ko'rsatish

Ibragimov Javohir To‘lqinjon o‘g‘li. (2026). HAROLD LAMBNING “TAMERLANE: THE EARTH SHAKER” ROMANIDA AMIR TEMUR XARAKTERINING BADIIY IFODASI. Filologik Tadqiqotlar: Til, Adabiyot, ta’lim, 3(3.1-3), 116–120. Retrieved from https://journaltersu.uz/index.php/pr/article/view/609