INGLIZ TILIDAGI NUTQ VA TIL PATOLOGIYASI LUG‘ATLARINING SEMANTIK MUNOSABATLARGA KO‘RA TURLARI

Mualliflar

  • Yavkocheva Feruza Husan qizi

Kalit so'zlar

logopediya terminologiyasi, inglizcha lug‘atlar, semantik munosabatlar, lug‘atlar tasnifi, ideografik lug‘at, sinonimik munosabat, inglizcha-o‘zbekcha lug‘at

Annotasiya

Maqolada ingliz tilidagi logopediya terminlari lug‘atlari ularning asosini tashkil etuvchi ma’no munosabatiga ko‘ra tasniflanadi. Yettita ingliz tilidagi lug‘at, ensiklopediya va tasnif hujjatidan olingan 180 ta lug‘at maqolasi komponent va munosabat tahlili usulida o‘rganildi. Tahlil natijasida lug‘atlarning olti turi ajratildi: izohli (termin – tushuncha), sinonimik (termin – termin), ideografik (jins – tur), antonimik (termin – zid termin), assotsiativ (termin – aloqador termin) va tarjima (termin – chet tildagi ekvivalent) lug‘atlari. Har bir turning tuzilishi, vazifasi va o‘zbek logopediya terminologiyasi uchun ahamiyati tavsiflanadi. Bo‘lajak inglizcha-o‘zbekcha logopediya lug‘ati uchun ideografik makrostruktura hamda izohli va sinonimik mikrostrukturani birlashtirgan model taklif etiladi.

##submission.downloads##

Topilgan

2026-11-02

Nashr qilingan

2026-11-02

Qanday ko'rsatish

Yavkocheva Feruza Husan qizi. (2026). INGLIZ TILIDAGI NUTQ VA TIL PATOLOGIYASI LUG‘ATLARINING SEMANTIK MUNOSABATLARGA KO‘RA TURLARI. Filologik Tadqiqotlar: Til, Adabiyot, ta’lim, 3(3.1-3), 81–85. Retrieved from https://journaltersu.uz/index.php/pr/article/view/601