“O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DA QUROL-ASLAHA NOMI BILAN BOG‘LIQ FOLKLORIZMLAR
Kalit so'zlar
folklorizm, qurol nomlari, O‘zbek tilining izohli lug‘ati, tarixiy leksika, leksikografiya, arxaizm, xalq og‘zaki ijodiAnnotasiya
Mazkur maqolada “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qayd etilgan qurol-aslaha nomlari bilan bog‘liq folklorizmlar lingvistik jihatdan tadqiq etiladi. Unda ushbu leksik birliklarning lug‘aviy ma’nosi, kelib chiqishi, leksik-semantik va uslubiy xususiyatlari, shuningdek, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida qo‘llanishi tahlil qilinadi. Qurol-aslaha nomlari bilan bog‘liq jazoyil, nayza, qilich, gurzi, xanjar, sovut, choroyna, harba kabi birliklarning folkloristik xususiyatlari hamda ularning milliy-madaniy mazmun ifodalash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mazkur folklorizmlarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilishi, izohlanishi va belgilanishi masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari qurol-aslaha nomlari bilan bog‘liq folklorizmlar o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy tajribasi, harbiy an’analari va folklor tasavvurini aks ettiruvchi muhim leksik qatlam ekanligini ko‘rsatadi.
##submission.downloads##
Topilgan
Nashr qilingan
Qanday ko'rsatish
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
Mulkiiyat (c) 2026 Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, ta’lim

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..










