JANGOVORLIK, JASORAT VA JISMONIY KUCHGA OID EPITETLAR (“beowulf” ingliz eposi misolida)
Kalit so'zlar
Beovulf, epitet, jangovarlik, jasorat, jismoniy kuch, anglosakson eposi, german qahramonlik dunyoqarashiAnnotasiya
Ushbu maqolada anglo-sakson qahramonlik eposi “Beowulf” dostonida obrazlar tasvirini shakllantiruvchi epitetlar tizimi, xususan, jangovorlik, jasorat va jismoniy kuch semantikasiga oid sifatlashlar tadqiq etilib, doston matnida qahramonlar tasviri uchun qo’llangan 983 o’rindagi epitetdan 169 tasi (16,2%) aynan mazkur tematik guruhga mansubligi aniqlangan. Tadqiqot A.N.Veselovskiy, A.G.Gornfeld va I.R.Galperinning epitet nazariyasiga doir qarashlari hamda Bosworth–Toller lug’ati materiallariga tayangan holda amalga oshirilgan bo’lib, unda F.A.Blakbornning dostondagi epitetlarning aksariyati lotincha birikmalarning ekvivalenti ekanligi haqidagi xulosasi tanqidiy baholanadi va jangovorlik, jasorat hamda jismoniy kuchga oid sifatlashlar lotin tili an’anasining kalkasi emas, balki german qahramonlik dunyoqarashi zaminida shakllangan mustaqil leksik-poetik qatlam ekanligi dalillanadi.
##submission.downloads##
Topilgan
Nashr qilingan
Qanday ko'rsatish
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
Mulkiiyat (c) 2026 Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, ta’lim

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..










