ALISHER NAVOIYNING “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI FORS-TOJIKCHA GIDRONIMLARNING SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Alimova Zarifaxon Vaxobovna

Kalit so'zlar

SEMANTIK

Annotasiya

Mazkur maqolada mumtoz o‘zbek epik asari “Saddi Iskandariy”da gidronimlar tizimi tahlil
qilinadi. Matnda daryo, rud, daryocha (kichik daryo), chashma (manba), jo‘ybor (ariq, sug‘orish kanali) kabi
suv havzalari nomlari uchraydi. Ular nafaqat real geografik obyektlarni ifodalaydi, balki metaforik, ramziy va
badiiy unsurlar sifatida ham xizmat qiladi. Ushbu gidronimlar orqali hayot va vaqt oqimi, ilohiy marhamat, xavf
va sinov tushunchalari poetik tarzda ifodalanadi.
Daryo leksemasi va uning izofiy birikmalari (daryoyi jud, daryoyi xunxor, daryoyi rahmat va boshqalar) epik
asarning lingvopoetik qatlamini boyitib, axloqiy, falsafiy va metaforik ma’nolarni yuqori badiiy darajada yetkazadi. Rud so‘zi esa ham daryo nomi, ham torli cholg‘u asbobi ma’nosida qo‘llanib, matnning ko‘p ma’noliligini
va kontekstual semantikasini namoyon etadi. Tadqiqot gidronimlarning estetik, ramziy hamda tarixiy-geografik
ahamiyatini ta’kidlab, o‘zbek tilshunosligida toponimika va gidronimikaning muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi.

Topilgan

2026-06-10

Qabul qilingan

2026-06-10

Nashr qilingan

2026-06-10

Qanday ko'rsatish

Alimova Zarifaxon Vaxobovna. (2026). ALISHER NAVOIYNING “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI FORS-TOJIKCHA GIDRONIMLARNING SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI. Filologik Tadqiqotlar: Til, Adabiyot, ta’lim, 2(2,1). Retrieved from https://journaltersu.uz/index.php/pr/article/view/483