“Maxtumquli-doʻstlik kuychisi” Mavzusida Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash maqsadida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
AXBOROT XATI
“MAXTUMQULI DOʻSTLIK KUYCHISI”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200-son va 2024-yil 19-fevraldagi PQ-76-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrug‘i bilan 2024-yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlar rejasiga muvofiq 2024-yil 20-aprel kuni Termiz davlat universitetida “Maxtumquli-doʻstlik kuychisi” Mavzusida Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash maqsadida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyada quyidagi sho‘balar faoliyat yuritishi rejalashtirilgan:
I sho‘ba
Maxtumquli Firogʻiy-xalqlar doʻstligi kuychisi
II sho‘ba
Maxtumquli Firogʻiy ijodi: o‘zbek-turkman adabiy aloqalari
III sho‘ba
Maxtumquli Firogʻiyning ijodiy merosi: tojik-turkman aloqalari
IV sho‘ba
Maxtumquli ijodida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini
tarixiy tahlili
V sho‘ba
Maxtumquli Firogʻiyning ijtimoiy, iqtisodiy va falsafiy qarashlari
VI sho‘ba
Global dunyo va turkiy olam: ilm-fan, ijtimoiy-falsafiy masalalar
Konferensiyaning rasmiy tili: o‘zbek, turkman, ingliz, rus va tojik.
Maqolalarni rasmiylashtirish talablari:
- Maqolaning hajmi – 5-6 betgacha. Ma’ruzalar matni Times New Roman va 14 o‘lchamdagi shrift kattaligida, 1,5 intervalda bo‘lishi lozim;
- Ma’ruza matnini joylashtirishda sahifaning chegaralari quyidagi tarzda belgilanadi: yuqori va pastdan 2 sm, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm;
- Ma’ruzalar elektron variantda Word 97-2003 va RTF formatda taqdim etiladi;
- Fayl nomi muallif familiyasi bilan yozilishi lozim;
- Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ma’ruzalar mavzusidan yuqorida muallifning ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni (agar bo‘lsa), ish joyi to‘liq ko‘rsatilishi lozim;
- Barcha iqtiboslar kvadrat qavsda berilib, adabiyot tartib raqami va sahifasi ko‘rsatiladi.[1, B. 3];
- Foydalanilgan adabiyotlar matn oxirida beriladi;
- Anjuman materiallari elektron va kitob holida chop etiladi. Anjuman materiallari konferensiya mavzusiga mos ravishda tanlanadi va yozilish qoidasiga qarab o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolani taqdim qilish muddati – 2024-yil 1-aprelgacha.
Konferensiya materiallari to‘plamida chop ettirish uchun maqolalarni, yuqorida ko‘rsatilgan talablarga moslashtirib, puxta tahrir qilingan holda, yo‘nalish (seksiya) ko‘rsatilgan holda quyidagi elektron manzillar va telegram raqamlariga yuborishingizni so‘raymiz:
I, II va III sho‘balar е-mail: arslonova@tersu.uz telegram: +99890 521-1601;
IV sho‘ba е-mail: tursunovsafullo12@mail.ru, telegram: +99891-577-90-50;
V sho‘ba е-mail: ergashavazov225@gmail.com, telegram: +99890 376-57-57.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati, Termiz shahri
“Barkamol avlod” ko‘chasi, 43-uy.
KONFERENSIYADA ISHTIROKCHISINING ANKETASI
Muallifning to‘liq F.I.Sh. (hammualliflar)
Ish joyi (to‘liq ko‘rsatiladi)
Lavozimi
Ilmiy darajasi va unvoni
Maqola yoki tezis nomi
Mamlakat, shahar, tuman
Ko‘chasi, uyi
Uy telefoni, ish telefoni, mobil telefoni
E-mail: yoki telegrami
Ishtiroki: onlayn yoki oflayn










